Loyiha haqida
Mehrlab.uz — ota-onalar yonida
Psixologiya yo‘nalishi talabasi Shaydullayeva Marjona tomonidan loyihalashtirilgan ijtimoiy platforma.
Muammo
Hozirgi kunda ayrim oilalarda nogironlik bilan tug‘ilgan bolaga nisbatan ijtimoiy-psixologik muammolar kuzatilmoqda. Farzandining nogironligi haqidagi xabarni qabul qilgan ota-onalarda kuchli qo‘rquv, inkor etish va uyat hissi paydo bo‘lib, bu holat bolaning jamiyatdan yashirilishiga olib kelmoqda.
60%
Nogiron bolalarning 60% jismoniy nuqsonga ega
40%+
Ota-onalarning 40%dan ortig‘i depressiyani boshdan kechiradi
1 mlrd
Dunyoda nogiron insonlar soni
Maqsad
Nogiron farzandi bor ota-onalarning psixologik salomatligini yaxshilash va ularning jamiyatda to‘liq ishtirok etishiga ko‘maklashish.
- ✓Nogiron farzand tarbiyasining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish.
- ✓Ota-onaning psixologik holatini tahlil qilish.
- ✓Tarbiya jarayonida duch keladigan muammolarini aniqlash.
- ✓Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
SH
Loyiha muallifi
Shaydullayeva Marjona
Psixologiya ta’lim yo‘nalishi, 2-kurs talabasi
Biz birga kuchliroqmiz
Savollaringiz, fikrlaringiz yoki murojaatingiz bo‘lsa — aloqa sahifasi orqali yuboring.
Murojaat qilish